Zarhal Sher kolleksiyasi

Zarhal Sher — Qadriyatlar nigohi ila yaralgan kolleksiya!
Ayol kuchi ramzi bo‘lgan yangi kolleksiyamizni “Zarhal Sher” deb nomladik. Bu to‘plam Sherdor madrasasidagi mashhur Zarhal Sher va Oq Ohuni quvayotgan sahnadan ilhomlanib yaratildi. Sher obrazida ayollarning ichki kuchi, mardligi va qat’iyati aks etadi. Oq ohuning quvishi esa hayotdagi harakat, mukammallikka intilish va go‘zallik ramzi hisoblanadi.
Nafislik bilan sayqallangan va kuch haqidagi hikoyalarni pichirlaydigan to’plam. Zamonaviy ayolning qo’rqmas ruhi va an’analarning abadiy go’zalligidan ilhomlangan Zarhal Sher o’zida qudratli tafsilotlarni mujassam etadi. Bu kolleksiyada siz ayol tabiatining so’z bilan tasvirlab bo’lmas jihatlarini o’qiy olasiz va tarix zarvaraqlariga nazar solasiz.
UMA qish 2024/2025 to’plam